Bizə e-poçt göndərinsupport@prospect.az

ERP tizimisiz ishlayotgan kompaniyalar yo'l qo'yadigan 7 xato

«Biz hozircha ERP-siz ham boshqarib ketyapmiz» — bu fikr ko‘plab kichik va o‘rta biznes rahbarlariga tanish tuyuladi. Ammo bu tafakkur uzoq muddatli istiqbolda ko‘rinmaydigan, lekin qimmatga tushadigan xatolarga olib keladi.

ERP (Enterprise Resource Planning – Korxona resurslarini rejalashtirish) tizimidan foydalanmaydigan kompaniyalar bir qator boshqaruv bo‘shliqlariga duch keladi. Ushbu blogda ERP-siz ishlayotgan korxonalar yo‘l qo‘yadigan eng keng tarqalgan 7 xatoni o‘rtoqlashamiz.

1. Ma’lumotlarni turli joylarda saqlash

Agar bir kompaniyada:

  • savdo Excelda,
  • qarzlar daftarda,
  • buyurtma ma’lumotlari esa elektron pochtada saqlansa,

bu ma’lumotlar parchalanganligini bildiradi. Bu parchalanish nazoratning zaiflashishiga va tahlillarning noaniq bo‘lishiga olib keladi.

2. Inson xatolarining ko‘payishi

Ma’lumotlar qo‘lda kiritiladigan tizimlarda quyidagi xatolar tez-tez uchraydi:

  • noto‘g‘ri narx yoziladi
  • buyurtma unutiladi
  • to‘lovlar aralashib ketadi

ERP tizimi bu takrorlanuvchi ishlarni avtomatlashtirib, xatolarni minimumga tushiradi.

3. Bo‘limlar o‘rtasida zaif aloqa

Savdo bir xil gapiradi, ombor boshqa ma’lumot beradi, moliya esa hech narsadan xabardor emas. Bu kompaniya ichida tartibsizlik yaratadi va natijada mijoz noroziligi ortadi.

4. Vaqt yo‘qotish va kechikkan qarorlar

Kerakli ma’lumotni topish uchun turli dasturlar va jadvallarni kezish — bu vaqt yo‘qotish va zaif qaror qabul qilish demakdir. ERP bilan esa hamma narsa bitta panelda ko‘rinadi.

5. Aniq hisobotlarning yo‘qligi

Agar rahbar o‘z biznesining bugun qancha daromad yoki xarajat bilan ishlayotganini bilmasa, bu jiddiy strategik xatardir. ERP real vaqtda moliyaviy va operatsion hisobotlarni taqdim etadi.

6. Ish yukini tizim bilan emas, qo‘shimcha xodim bilan hal qilish

Ko‘plab kompaniyalar operatsiyalar ortgan sari tizim yaratish o‘rniga qo‘shimcha xodim oladi. Bu esa muammoni hal qilmaydi, faqat xarajatlarni oshiradi.

7. Mijoz mamnuniyatining pasayishi

ERP tizimi bo‘lmagan kompaniyalarda mijozlar:

  • buyurtmalarni kech oladi,
  • savoliga javob topa olmaydi,
  • ma’lumotlarning yo‘qolishiga duch keladi.

Bu esa sodiq mijozning yo‘qolishi demakdir.

Bugungi xatolarning oldini ertangi tizim bilan oling

ERP tizimi shunchaki dastur emas — biznes boshqaruvining yangi bosqichidir. Agar:

  • ma’lumotlarning aralashib ketishini istamasangiz,
  • aniq hisobotlar olmoqchi bo‘lsangiz,
  • xarajatlarni emas, samaradorlikni oshirish niyatida bo‘lsangiz,

ERP-ga o‘tish uchun bugun to‘g‘ri kundir.

Prospect Cloud ERP bilan jarayonlaringizni bitta tizimga jamlang – kamroq xato, ko‘proq nazorat.