Dastlab faqat an'anaviy ish yuritishni avtomatlashtirish vositasi sifatida yaratilgan Elektron Hujjat Aylanishi Tizimi (bundan keyin — EHA) keyinchalik ko'p funksiyali, kompleks yechimga aylandi. Elektron shakldagi hujjat aylanishi — xodimlar o'rtasidagi barcha qog'oz jarayonlarini yagona markazdan boshqarish usulidir. Bu vosita hujjatlarni yaratish, o'zgartirish, yo'naltirish, qidirish va h.k. bo'yicha bir qator xizmat imkoniyatlarini hal qilishni o'zida birlashtiradi.
EHA tizimi bir qator afzalliklarga ega bo'lib, ulardan eng muhimlari quyidagilardir:
- - Statistikaga ko'ra, berilgan topshiriqlarning 20%i mas'ul shaxslar tomonidan bajarilmaydi. Shuning uchun EHA hujjat hisoboti va ijro bosqichlarini kuzatish imkoniyatini yaratish bilan kompaniyaning butun faoliyatini shaffof va rahbariyat tomonidan boshqariladigan qiladi.
- - Hujjatlarga oid deyarli barcha rutin (kundalik) operatsiyalarni bajarishga ajratilgan vaqtni ancha qisqartiradi.
- An'anaviy "qog'oz" hujjat aylanishidan farqli o'laroq, EHA tizimi faqat belgilangan foydalanuvchi huquqlari asosida hujjatga kirishga ruxsat beradi, hujjat ustidagi barcha ishlar (o'qish, o'zgartirish, imzolash, tasdiqlash) protokollashtiriladi va bu ma'lumotning himoyasi ta'minlanadi.
- EHA tizimini joriy etish kompaniyaning raqobat afzalliklariga bevosita ta'sir qiladi. Axborot oqimlarini tezlashtirish va aniq boshqarish hisobiga mijozlarga xizmat ko'rsatish tezligi va sifati ham oshadi.
- Tizim taqdim etadigan raqamlash imkoniyati orqali hujjatlar arxivlanadi, bu esa o'z navbatida kerakli hujjatlarni qidirishni osonlashtiradi va istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi.
O'zini faol va samarali mexanizm sifatida tanitgan EHAning asosiy tuzilmasi har qanday miqyosdagi korxona yoki tashkilotning rivojlanishi uchun zarurdir. Ham davlat sektori, ham kichik, o'rta va yirik biznes tuzilmalari rutin ishlarni soddalashtirish uchun yo'l izlayotgani sababli EHA bozori doimiy rivojlanmoqda. Bozor rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillardan biri ham so'nggi davrlarda elektron ishonchnoma va elektron imzo qo'llash sohasining kengayishi va axborot xavfsizligi masalalariga kuchaytirilgan e'tibordir. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda yagona mahalliy EHA dasturi bo'lgan "ProDOC" tizimi barcha qayd etilgan afzalliklarga qo'shimcha ravishda milliy dasturiy ta'minot bo'lishi bilan birga mahalliy tilda foydalaniladi, bu esa o'z navbatida foydalanish qulayligini yaratadi.
Bugungi kompaniyalarning aksariyati ofis qog'ozlarini raqamli shaklda yaratadi, ammo ma'lumot almashish jarayonlarining kamchiliklari sababli xodimlar ularni chop etib, "jismonan" topshirish va keraksiz takrorlanuvchi ishlarga vaqt yo'qotishga majburdirlar. Biroq, to'g'ri tashkil etilgan EHA tizimi axborot va hujjat oqimlarining barcha bosqichlarida boshqaruvni tartibga solishga yordam beradi.
EHАga o'tish — bu shunchaki kompaniyalarning arxiv xonalarida saqlanadigan minglab hujjat papkalaridan qutulish emas, balki kompaniyada barcha shartnomalar, moliyaviy, inson resurslari, texnik hujjatlar va h.k. kabi ham ichki, ham kiruvchi va chiquvchi hujjatlar boshqaruvini sezilarli darajada soddalashtiradi. Shuningdek, EHA tizimi ofis ichidagi va tashqi hujjatlashtirish ishlarini avtomatlashtiruvchi ko'p modulli dasturiy ta'minot sifatida hujjatning kirib kelishini, ro'yxatga olinishini, ijroga yuborilishini, bo'limlardan o'tishini, chiqishini va hujjat bilan bog'liq har bir boshqa operatsiyani elektron tartibda amalga oshirishni ta'minlaydi. Ish faoliyatini soddalashtirish bilan birga foydalanish ham qulay bo'lgani uchun eng talabchan mijozning ham ehtiyojlarini qondiradi.




















































