“Bir kuni menga mahalliy kompaniyalardan biridan telefon qo'ng'irog'i keldi. Lekin bu oddiy qo'ng'iroq emas edi. Bu na kechadan beri kutgan mijozim, na kechqurun uchrashadigan kompaniya vakili edi. Bu ko'proq qandaydir kompaniyaning ishonch telefonidan qilingan qo'ng'iroqqa o'xshardi. Raqamdan bildimki, men bilan gaplashish uchun qandaydir kompaniya interaktiv ovozli javob deb tanilgan texnologiyadan foydalanmoqda. Javob berganimdan so'ng darhol oldindan yozib olingan yoqimli ayol ovozi meni salomlab, ogohlantirdi: Siz bizning viktorinamizda qatnashish uchun tanlangansiz. Sizdan talab qilinadigan yagona narsa keyingi uchta savolga to'g'ri javob berishdir. Tayyormisiz? Birinchi savolni tinglash uchun 1 tugmasini bosing. Shunday qilib, men “xonimning” savollariga javob berib, 90-yillarda tanilgan guruhning qo'shig'ini topib, g'olib bo'ldim.
Sovg'a kichik bo'lishiga qaramay, men bu dialogni, kompaniyaning telefon qo'ng'irog'i uchun IVR tizimidan qanday foydalanganini uzoq vaqt eslab qolaman. Birinchi marta men bu texnologiyaning bunchalik samarali ishlatilishidan ta'sirlangan edim. Eng ko'p qadrlaganim shu ediki, mamlakatimizda bunday tizimdan foydalanadigan kompaniya bor va bu kompaniya viktorinada nazoratni menga berdi — qo'ng'iroqni davom ettirish qarorini men qabul qilardim. Men vaqtimni hurmat qilishlarini his qilardim, shuning uchun ularning biznesi ham mening hurmatimni va sovg'adan qat'i nazar, e'tiborimni qozondi. Keyinchalik bildimki, o'sha kompaniyada bu tizim ham Ozarbayjonning mahalliy kompaniyasi tomonidan joriy etilgan ekan. Bu g'ururli edi. Menimcha, qo'ng'iroq markazlari va boshqa korxonalar ham shunga o'xshash kampaniyalarni osonlashtirish uchun bir xil interaktiv ovoz texnologiyasidan foydalansalar, o'z mijozlarining e'tiborini jalb qiladilar.”
O'qigan qismingizdan IVR haqida allaqachon bir fikr shakllandi. Quyida sizga ushbu tizimning imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot beramiz.
Qo'ng'iroq markazi dasturiy ta'minoti IVR — DTMF (Dual Tone Multi Frequency) ton signallari yoki nutqni aniqlash texnologiyasi orqali abonentlarni salomlaydigan va yo'naltiradigan avtomatlashtirilgan telefon tizimlaridir. Asosiy vazifasi operator o'rnini bosuvchi rolida chiqib, vaqtni tejashdir. Interaktiv suhbat javobiga ega IVR asosan quyidagi hollarda qo'llaniladi:
- Qo'ng'iroq markazlarida yo'naltirish
- Ofis marshrutlash
- Mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'limi
- Kredit kartalari xizmatlari
- Ovoz berish
- Telefon bankchiligi
- Xizmat markazlarida mijozlarning so'rovlariga avtomatik rejimda tezkor javob berish
IVRdan foydalanish kiruvchi katta hajmdagi qo'ng'iroqlarni boshqarish va sifatni oshirish bilan birga mijozlarga xizmat ko'rsatish xarajatlarini kamaytirish uchun mo'ljallangan. Maqsad mijozlarning ovozli ma'lumot matnlarini tinglab, ularning javobini klaviatura yoki ovoz orqali kiritib, o'zlariga xizmat ko'rsatishlarini ta'minlashdir.
Interaktiv ovoz tizimi odatda hisobni to'lash, hisob haqida ma'lumot qidirish, texnik xizmat bilan bog'liq ma'lumotlar, tegishli bo'limga yo'naltirish, do'konning joylashuvi va ish vaqti kabi asosiy so'rovlarga javob beradi. Bu o'z navbatida xodimlarga batafsil ma'lumot talab qiladigan mijozlarga ko'proq vaqt ajratish imkonini yaratadi. IVR shuningdek mijozlarga 24 soat qo'llab-quvvatlash maqsadida tegishli xodimlarga ish vaqti doirasida abonentlar uchun yetkazilishi kerak bo'lgan so'rovlarni yoki ovozli xabarlarni tayyorlashga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda IVR tizimlari ko'proq oddiy so'rovlar uchun ishlab chiqilmoqda. Shunga qaramay, hali ham DTMF ton signallari va nutq matnlarini aniqlashda ba'zi muammolarning mavjudligi foydalanuvchilarni hafsalasini pir qiladi. Shuning uchun odatda mijozlar jonli inson bilan aloqa qilishni afzal ko'radilar. Shuning uchun IVR tizimini rejalashtirish vaqtida undan kimlar foydalanishini to'g'ri aniqlash muhimdir. Mijoz murojaatining sababini aniqlash va muammosini bartaraf etishga erishish uchun eng qisqa yo'l qanday bo'lishi mumkin?
- IVRga ulanganda birinchi navbatda abonent qo'ng'iroqlar menyusiga duch keladi — standart sifatida yo'naltirishning yozib olingan menyusi ovozli qilinadi. Keyin abonent klaviaturada kerakli tugmani bosadi va qo'ng'iroqlar menyusi uni mos ravishda yo'naltiradi. Shuningdek, yangi DID (to'g'ridan-to'g'ri kiruvchi qo'ng'iroq) yaratish kerak, shunda asosiy kiruvchi raqam qo'ng'iroqni qo'ng'iroqlar menyusiga yuboradi. Qo'ng'iroqlar menyusi xabarini o'qib bo'lgach, qo'ng'iroqni yo tugatishi, yo yo'naltirishi mumkin.
Bu interaktiv ovoz texnologiyasi to'g'ri ishlatilganda fenomenaldir. Ammo birinchi navbatda foydalanuvchilarning istaklarini va kampaniyalarning maqsadini tushunish kerak. Mijozlar odatda haqiqiy inson bilan gaplashishni afzal ko'rishlariga qaramay, ko'pchiligi avtomatik ovoz bilan gaplashishdan ham norozi emas, chunki IVR ularni to'g'ridan-to'g'ri kerakli xodimga yo'naltira oladi va bir operatordan boshqasiga o'tkazmaydi.
IVR qo'ng'iroq markazi tizimi kompaniyangizning mijozlarga xizmat ko'rsatishi uchun ajoyib qo'shimchadir. Tizimda barcha parametrlar sozlanganda IVR aniq mijozlar bazasining ehtiyojlariga moslashadi. Bu ham kiruvchi qo'ng'iroqlarning yuklanishini, ham mijoz va xodimlarning telefonda kamroq vaqt o'tkazishini ta'minlaydi. Faqat mijozlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ularning ehtiyojlariga mos to'g'ri o'ylangan IVR o'rnatish mumkin.
Qo'ng'iroq markazi, shu jumladan, mijoz bilan har bir munosabat kompaniyaning obro'siga ham ta'sir qiladi. IVR moduli esa «do'stona» va samarali xizmatga aylantirish uchun aqlli yordamchidir. Prospect ERP kompaniyasining Intellektual Contact Center platformasi bo'lgan ProCall yechimi IVR moduli doirasida qo'ng'iroq qiluvchi shaxsni salomlash, qo'ng'iroqlarni taqsimlash, taqdim etilgan ma'lumotlardan qoniqmagan abonentlarni jonli operatorga ulash va mijozlarga yaxshiroq xizmat ko'rsatish uchun boshqa ko'plab imkoniyatlarni ham beradi.
Agar kompaniyangizning maqsadi mijozlarga xizmat ko'rsatish darajasini oshirish yoki aniq kampaniy




















































