Segmentdan qat'i nazar, biznesda raqobat kundan-kunga ortib bormoqda. Raqiblar ko'paymoqda, demak, qandaydir choralar ko'rishga shoshilish kerak.
Ko'proq kuch va mablag' sarflasangiz ham, raqiblaringizga yeta olmayapsizmi?
Buning bir nechta sababi bo'lishi mumkin:
- hisobot va faoliyatning noto'g'ri tahlili
- bitimlar yuritilishi ustidan nazoratning yo'qligi
- uzoq muddatli buyurtma qayta ishlash
- savdo va marketingning past samaradorligi
Zamonaviy tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko'ra, 78% tadbirkor bu muammolarga duch keladi. Ulardan bir marta va butunlay qanday qutulish mumkin? Yechim bor!
CRM - mijozlar bilan aloqa strategiyalarini avtomatlashtirish, xususan savdo darajasini oshirish, marketingni optimallashtirish va mijozlarga xizmat ko'rsatishni, shuningdek biznes jarayonlarini mijozlar va ular bilan o'zaro munosabatlar tarixi haqidagi ma'lumotlarni saqlash yo'li bilan yaxshilash, hisobotlarning aniq natijalarini olish uchun mo'ljallangan mijozlar bazasi uchun dasturdir.
Bu har qanday biznesga zarur bo'lgan, ishlashi ham rahbarga, ham xodimlarga qulay bo'lgan dasturdir.
Uning asosiy maqsadi savdo va marketing samaradorligini oshirish, mijozlar bazasining yaxlitligi, mijozlarga xizmat ko'rsatishni yuqori darajaga chiqarish, ishlarning batafsil hisobotini yuritish imkoniyati va uni tahlil qilishdir. Va bu vazifalarni hal qilish uchun CRM tizimi foydalanishda yengil bo'lgan bir nechta vositalarni o'zida jamlaydi: SMS tarqatish moduli, vizual savdo voronkasi, grafik hisobotlar, menejerlar uchun eslatmalar, xodimlarning foydalanish huquqlari va h.k.
Mijozlar bazasi bo'yicha tez va qulay qidiruv, segmentatsiya va individual yondashuv sizga mijozlarning sodiqligi va qoniqishini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Bundan tashqari, bularning barchasi uchun ofisda bo'lish shart emas, telefonda CRMni ishga tushirish kifoya!
Inson omilidan qutuling, butun savdo jarayonini va mijozlar bilan aloqalarni nazoratga oling, vaqtni tejang va faoliyat samaradorligini to'g'ri tahlil qilib, kuchlaringizni biznesingizning og'riqli nuqtalariga yo'naltiring.
Agar Siz mijozlar bilan tizimli ishlashga o'tishga tayyor bo'lsangiz, biz bilan bog'laning. Biz sizga bizning CRMning har bir imkoniyatini ko'rsatishga tayyormiz!




















































