1. Buyurtmalarning zaif qayta ishlanishi
Elektron jadvallar va qog‘oz hujjatlarni qayta ishlash ko‘p vaqt oladi. CRM tarqoq “zanjir”ni bitta interfeysga birlashtirib, takrorlanuvchi masalalar va ma’lumotlar uzatilishini avtomatlashtirish hisobiga bu jarayonlarni tezlashtiradi.
Shunday qilib, CRM o‘rnatilishi hisobiga nafaqat individual unumdorlik, balki savdo ko‘rsatkichlari ham ortadi (o‘rtacha hisobda bitta sotuvchi 41%).
2. Bo‘limlar o‘rtasida hamkorlikning yo‘qligi
Ba’zan bo‘limlar o‘z ishiga shunchalik berilib ketadilarki, boshqa bo‘limlar bilan aloqalarni yo‘qotadilar. Natijada, sizning kompaniyangiz bilan hamkorlik qiluvchi mijozlar bo‘limlarning hech biri uning ehtiyojlarini aniq bilmaganligi uchun kerakli ma’lumot va yordam olmaydilar. Mijozlarning chalg‘itilishi va dezinformatsiyasi savdoning va shunga mos ravishda daromadning kamayishiga olib keladi.
CRM (aynan asboblar paneli funksiyasi va fayllarga umumiy kirish) kompaniyaning har bir xodimiga mijoz qanday masalalar bilan murojaat qilganini, uni nima qiziqtirganini, unga nimalar taklif qilinganini ko‘rish imkoniyatini (ya’ni uning talablarini to‘liq qondirishga imkon beruvchi barcha zarur ma’lumotlarni olish imkoniyatini) beradi.
3. Mas’uliyatdan bo‘yin tovlash
Ba’zan sotuvchilar o‘tkazib yuborilgan mijoz uchun mas’uliyatdan qochadilar. Ular mijoz bilan boshqa kimdir bog‘lanishi kerak deb o‘ylaydilar va hech biri u bilan bog‘lanmaganligi sababli natijada siz mijozingizni yo‘qotasiz.
CRM mijoz bilan har bir o‘zaro munosabat haqida aniq ma’lumot beruvchi markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasidir. U kim mijozga e’tibor bermaganini va qayerda xato qilinganini darhol ko‘rsatadi. Shunday qilib, siz kelajakda bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun qayerda va nimani yaxshilash kerakligi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lasiz.
4. Ma’lumotlarning sifatsiz tahlili
Siz mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun qo‘lingizdan kelganini qilayotganingizga ishonishni xohlaysiz. Biroq, ular haqida bilmagan narsalaringiz ham bo‘lishi mumkin. Mijoz haqida qanchalik kam ma’lumotingiz bo‘lsa, ularga takliflaringiz shunchalik kam bo‘ladi.
CRM sizga ichki hisobot funksiyalari va ma’lumotlar tahlili hisobiga mijozlarning talabini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bu asboblar mavsumiy talab va xaridlar, demografiya, yaxshiroq aloqa usullari va h.k. haqida ma’lumot olishni ancha osonlashtiradi.
5. Iste’molchilarning noroziligi
Mijozlaringizga xizmat sifatining pastligi sizning raqiblaringiz uchun keng ochiq eshikdir. Xaridorlar sizni qanchalik past baholasalar, siz haqingizda qanchalik ko‘p shikoyat yozsalar, ularning eng yaqin vaqtda sizni tark etishi shunchalik kutiladi. Albatta, agar siz vaziyatni tez tuzatmasangiz!
CRM mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarishga yo‘naltirilgan yondashuv bilan ishlatishga imkon beradi. Masalan, ko‘plab mijozlar pochta yoki telefon orqali emas, balki ijtimoiy va mobil kanallar orqali ma’lumot olishni afzal ko‘radilar va ba’zi CRM’lar ular uchun qulay aloqa kanallari orqali kerakli ma’lumotlarni taqdim etishga imkon beradi.
Amaliy tajriba ko‘rsatadiki, mobil telefon kanallaridan foydalanish 14,6%, ijtimoiy kanallardan foydalanish esa 11,8% unumdorlik o‘sishini beradi.
6. Biznesning sekin o‘sishi
Ko‘pchilik CRM’ni faqat yirik kompaniyalar ishlatishi mumkin deb hisoblaydi. Biroq, kichik biznes ham o‘sishga tayyor bo‘lganda dasturiy ta’minotni joriy etishdan sezilarli foyda olishi mumkin.
Bu holda har bir kichik biznes egasida bir xil savol tug‘iladi — to‘g‘ri platformani qanday tanlash kerak?
Bu tashvish butunlay tushunarli, axir tanlov sizning kompaniyangizda ishlaydigan xodimlar va mijozlar soniga bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda muhim faktni qayd etish lozim — CRM sizning biznesingiz bilan birga miqyosini o‘zgartira oladi.
7. Amalga oshmagan savdo imkoniyatlari
Agar siz savdoni qo‘lda kuzatsangiz, unda qaysidir nuqtada siz nimanidir o‘tkazib yuborishingiz riski ham katta (buyurtmani o‘z vaqtida yubormaysiz, qo‘ng‘iroq vaqtini o‘tkazib yuborasiz, mijozga qo‘shimcha to‘lovni eslatishni unutasiz va h.k.).
CRM bildirishnomalarni avtomatlashtirishdan foydalanadi. Siz qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki mijozga xabardor qiluvchi xat yuborishingiz kerakligi haqida xabar olasiz. Shuningdek, CRM’ni marketingni avtomatlashtirish dasturiy ta’minotiga ulab, boshqa muhim hodisalar haqida bildirishnomalar olish mumkin.
CRM hatto faqat ikki xodim ishlaydigan firma uchun ham mos keladi. Bu dastur ularga vaqt va sifatni yo‘qotmasdan ko‘proq operatsiyalarni qayta ishlashga imkon beradi.
Shu sababli ham barcha qayd etilgan salbiy omillardan himoyalanish va uzoq muddatli mijozlarga ega bo‘lish uchun ProCRM yechimidan foydalaning. Chunki muvaffaqiyatli kompaniya egasining birinchi raqamli vazifasi mijozlar mamnuniyatini oshirishni nazorat qilishdir!
ProCRM vositasida mijozlaringiz bilan aloqalaringizni tartibga solib, daromadingizni kamida 10-15% oshiring!




















































